Qat-qat xamir va sosiskadan tayyorlanadigan yegulikni tongda, tushlikda va kechki ovqatda ham iste’mol qilish mumkin. Pishloq yegulikning yanada mazali bo‘lishini ta’minlaydi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli masalliqlar:
- qat-qat xamir — 250 g
- sosiska — 5 dona
- pishloq — ta’bga ko‘ra
Tayyorlanishi:
- Xamirni biroz yoyib, 5 ta to‘rtburchak bo‘laklarga bo‘ling.
- Sosiskani olib, uni xamirga o‘rang. Xamir uchlarini ichkariga qayirib oling.
- Xamirning ustida ko‘ndalang kesmalar hosil qiling. Halqa qilish uchun qirralarni mahkam buking va “gulbarglar” shakliga keltiring.
- Qolgan xamir va sosiskalarni ham xuddi shunday tayyorlang.
- Yeguliklarni pergament bilan qoplangan listga qo‘ying va ustiga ozgina maydalangan pishloq seping.
- Uni 15-20 daqiqa davomida 180 daraja haroratda oldindan qizdirilgan pechda pishirib oling.
Yoqimli ishtaha!