Shirinlikning noodatiy versiyasi klassik variantiga qaraganda shirinroq bo‘lib chiqadi. Unga qo‘shimcha ravishda murabbo yoki jem qo‘shishingiz mumkin. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • oq shokolad — 230 gr
  • sariyog‘ — 150 gr
  • vanilin — 1 choy qoshiq
  • tuz — yarim qoshiq
  • shakar — 200 gr
  • tuxum — 2 dona
  • tuxum sarig‘i — 1 ta
  • un — 180 gr

Tayyorlanishi:

  1. Pechni 180 daraja haroratda oldindan qizdiring. Yonlari 20-22 sm bo‘lgan kvadrat shaklidagi qolipni pishiriq qog‘ozi bilan o‘rab oling.
  2. Oq shokoladni maydalab, suv hammomida yoki mikroto‘lqinli pechda sariyog‘ bilan eritib oling. Aralashtiring va ozgina sovutib oling.
  3. Shokoladga vanilin, tuz va shakar qo‘shing, ko‘pirtirgich bilan aralashtirib oling. Tuxum va uning sarig‘ini qo‘shib yana aralashtiring.
  4. Un qo‘shib, silliq bo‘lguncha aralashtirib oling. 
  5. Xamirni qolipga soling. Shirinlikni 25-30 daqiqa davomida qizarguncha pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz