Qiyma va pomidor qaylasi spagetti bilan klassik kombinatsiyani hosil qiladi. Taomga qo‘ziqorin qo‘shsangiz yanada mazali bo‘ladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • piyoz — 1 dona
  • sarimsoq — 2 donacha
  • qo‘ziqorin — 400 g
  • pomidor qaylasi — 800 g
  • o‘simlik yog‘i — 2-3 qoshiq
  • tomat pastasi — 2 qoshiq
  • qiyma — 400 g
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • spagetti yoki boshqacha makaron turi — 400 g

Tayyorlanishi:

  1. Piyoz va sarimsoqni mayda, qo‘ziqorin va pomidorni esa o‘rtacha shaklda to‘g‘rab oling.
  2. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdiring. Piyoz va sarimsoqni 4-5 daqiqa davomida qovuring. Tomat pastasi bilan aralashtiring va yana bir daqiqa qovurib oling.
  3. Qovurilayotgan masalliqlarga qiyma qo‘shing, aralashtiring va yana 3-4 daqiqa pishiring. Aralashtiring va qoshiq bilan katta bo‘laklarni maydalang.
  4. Qo‘ziqorinlarni soling va hamma narsani 3-4 daqiqa davomida qovuring.
  5. Pomidor qaylasini qo‘shing. Qaynatgandan keyin olovni o‘rtacha darajaga tushiring, idish qopqog‘ini yoping va 25-30 daqiqa davomida qaynatib oling. Ta’bingizga moslab tuz va murch qo‘shing.
  6. Makaronni 8-10 daqiqa qaynatib oling, qancha vaqt qaynatilishini bilish uchun o‘ramga qarang. Makaronning suvini to‘kib tashlang.
  7. Makaronni qayla pishirilgan tovaga soling va aralashtiring. Bir-ikki daqiqadan so‘ng taomni likopchalarga solib, dasturxonga torting. 

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz