Qiyma qo‘shib tayyorlanadigan sho‘rva tushlik uchun yaxshi tanlov bo‘la oladi. Soya sousi va guruch sirkasi sho‘rvaning ta’mini yanada mazali qiladi.
— Manba: «Daryo» nashri.
Kerakli masalliqlar:
- sarimsoq — 3 donacha
- ko‘katlar — ta’bga ko‘ra
- o‘simlik yog‘i — 1-2 osh qoshiq
- qiyma — 400-450 g
- guruch — 120-150 g
- tuz — ta’bga ko‘ra
- suv — 1500–1800 ml
- guruch sirkasi — 2-3 osh qoshiq
- soya sousi — yarim qoshiq
Tayyorlanishi:
- Sarimsoqni qirg‘ichdan o‘tkazing. Ko‘katlarni maydalang.
- O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdiring. Qiymani 3-5 daqiqa davomida qovuring. Qoshiq bilan katta bo‘laklarni maydalang.
- Sarimsoqni qo‘shing va yana yarim daqiqa pishiring. Guruch, tuz qo‘shing va ustiga suv quying.
- Taomni qaynagandan keyin 15 daqiqa davomida pishiring. Soya sousi bilan guruch sirkasini qo‘shing va 5 daqiqa davomida pishirib oling.
- Sho‘rvani dasturxonga tortishdan oldin to‘g‘ralgan ko‘katlarni qo‘shing.
Yoqimli ishtaha!