Qaymoqli sous va qovurilgan go‘shtli sharchalar qo‘shib tayyorlanadigan mazali sho‘rva ishtahani ochuvchi ta’mga ega. Sho‘rvaga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

4 kishilik porsiya uchun kerakli masalliqlar:

  • piyoz — 1 dona
  • sarimsoq — 1-2 donacha
  • mol go‘shti qiymasi — 600 g
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • o‘simlik yog‘i — 1 choy qoshiq
  • sariyog‘ — 2 osh qoshiq
  • un — 2 osh qoshiq
  • mol go‘shti qo‘shib tayyorlangan sho‘rva yoki suv — 350-400 ml
  • ziravorlar — ta’bga ko‘ra
  • qaymoq — 60 ml
  • parmezan yoki boshqa turdagi pishloq — 70-100 g

Tayyorlanishi:

  1. Piyozni blenderdan yoki katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Sarimsoqni ham qirg‘ichdan o‘tkazib oling. 
  2. Qiymani piyoz, sarimsoq, tuz va murch bilan aralashtiring. O‘rtacha kattalikdagi sharchalarni hosil qiling.
  3. Qiymali sharchalarni o‘simlik moyi bilan yog’langan listga soling. Ularni 20 daqiqa davomida 200 daraja haroratda oldindan qizdirilgan pechda pishirib oling. Pishirayotgan vaqtingizda sharchalarni boshqa tomonga aylantirib olishni unutmang. 
  4. Sariyog‘ni o‘rtacha olovda qizdirilgan idishda eritib oling. Elakdan o‘tkazilgan unni qo‘shing va bir daqiqa qovuring.
  5. Unga sekin-asta iliq sho‘rvani soling va ta’bingizga ko‘ra ziravolarni qo‘shing. Aralashtirib, qaynatib oling va past olovda 2-3 daqiqa davomida pishiring.
  6. Taomga qaymoq, ozgina tuz, murch va maydalangan parmezan pishlog‘ini qo‘shing. Bir daqiqadan so‘ng olovni o‘chiring. 
  7. Qaylani qiymali sharchalarning ustiga soling va yana 10-15 daqiqa davomida pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz