Qaymoqli krem va yumshoq xamirdan tayyorlanadigan desert shokoladni yaxshi ko‘ruvchilar uchun yaxshi variant bo‘la oladi. Kremning o‘rniga o‘zingizga yoqqan murabbodan ham foydalanishingiz mumkin. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Kremiga solinadigan mahsulotlar:

  • qora yoki sutli shokolad — 170 g
  • tuxum sarig‘i — 4 dona
  • shakar — 100 g
  • un — 30 g
  • sut — 480 ml
  • sariyog‘ — 1 osh qoshiq

Xamiri uchun kerakli masalliqlar: 

  • sut — 120 ml
  • suv — 120 ml
  • sariyog‘ — 100 g
  • shakar — 1 choy qoshiq
  • tuz — bir chimdim
  • un — 120 g
  • tuxum — 4 dona

Glazur tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulotlar:

  • qora shokolad — 180
  • 33 foizli qaymoq — 80 ml
  • vanilin — yarim choy qoshiq
  • tuz — 1 chimdim

Tayyorlanishi: 

  1. Shokoladni maydalab, suv hammomida yoki mikroto‘lqinli pechda eritib oling. Idishga tuxum sarig‘i, shakar va unni qo‘shib yaxshilab aralashtiring.
  2. Sutni qaynatib oling. Tuxum sarig‘ini qo‘shib aralashtirib oling.
  3. Aralashmani qaynatib oling. Aralashtirib, qalinlashguncha 1-2 daqiqa davomida pishiring.
  4. Eritilgan shokoladni soling, yaxshilab aralashtiring. Krem solingan konteynerni muzli idishga joylashtiring. Massani sovitish uchun 2-3 daqiqa davomida aralashtiring.
  5. Kremga eritilgan sariyog‘ni qo‘shib, aralashtirib oling. Uni yopishtiruvchi plyonka bilan o‘rang, 3-4 soat davomida muzlatkichga qo‘ying.
  6. Kastryulka yoki boshqa idishga sut, suv, sariyog‘, shakar va tuzni qo‘shib aralashtiring. Massani qaynatib oling.
  7. Massani olib, un soling va yaxshilab aralashtiring. Xamirni pechkaga qaytaring. 2-3 daqiqa pishirib, qattiqroq holatga kelguncha aralashtirib oling.
  8. Massani idishga soling va ozgina sovitib oling. Tuxumlarni birma-bir qo‘shing, yaxshilab aralashtiring.
  9. Pechni 200 daraja haroratda oldindan qizdirib oling. Listni pergament qog‘oz bilan o‘rang.
  10. Xamirni qandolat paketiga soling. Listga 10 sm uzunlikda xamirlarni quyib chiqing va ularning orasida biroz masofa qoldiring.
  11. Eklerlarni 25-30 daqiqa davomida qizargunga qadar pishirib oling. Bug‘ni chiqarish uchun pechni bir necha soniya oching va yana 3-5 daqiqa pishiring. Eklerlarni pechdan olib, sovitishga qo‘ying. 
  12. Sovitilgan kremni uchli qolipga soling. Eklerlarning pastki qismida kichik bir teshik oching va u orqali eklerlarning ichini qaymoq bilan to‘ldiring.
  13. Shokoladni mayda qilib to‘g‘rab oling va idishga soling, krem, vanilin va bir chimdim tuz qo‘shing.
  14. Massani aralashtiring, suv hammomida eritib oling. Eklerlarning yuqori qismini shokoladga botirib oling. Eklerlarni muzlatkichga 15-20 daqiqaga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz