Tushlikdan va kechki ovqatdan ortib qolgan makarondan mazali kotletlarni tayyorlash mumkin. Makaronli kotletlarga pishloq qo‘shsangiz, yanada xushta’m bo‘ladi. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar: 

  • qattiq pishloq — 50-70 g
  • tuxum — 2 dona
  • qaymoq — 2 osh qoshiq
  • tuz — 1 chimdim
  • qaynatilgan makaron — 250-300 g
  • non bo‘laklari — 2 osh qoshiq
  • o‘simlik yog‘i — 3 osh qoshiq
  • ziravorlar — ta’bga ko‘ra.

Tayyorlanishi:

  1. Pishloqni maydalang. Tuxumni qaymoq, tuz va ziravorlar bilan aralashtirib oling.
  2. Makaronga tuxum, pishloq va non bo‘laklarini qo‘shib, aralashtiring.
  3. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirib oling. Makaronga tuz qo‘shib massa bilan aralashtirib, ikkala tomonini qizarguncha qovuring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz