Mazali qiyma va kartoshka pyuresidan tayyorlanadigan zapekanka nozik ta‘mni xush ko‘ruvchilar uchun eng yaxshi variant hisoblanadi. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni qo‘shsangiz bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • Piyoz — 1 dona
  • selderey — 1 bog‘
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq
  • qiyma — 700-800 g
  • tomat pastasi — 2 osh qoshiq
  • go‘shtli sho‘rva yoki suv — 250 ml
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • kartoshka — 700-750 g
  • qovoq — 600-650 g
  • sariyog‘ — 2 osh qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. Piyoz va seldereyni uncha katta bo‘lmagan shaklda to‘g‘rab oling. 
  2. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirib oling. Piyoz va seldereyni yumshaguncha qovuring. 
  3. Qiymani bir necha daqiqa davomida pishirib oling va qoshiq bilan katta bo‘laklarini maydalang. 
  4. Qovurilgan qiymaga tomat pastasini qo‘shib, yana 1-2 daqiqa davomida qovuring. Unga sho‘rva yoki suv, tuz va murch qo‘shing. 
  5. Qaynab chiqqandan keyin yana 20 daqiqa past olovda pishirib oling.
  6. Kartoshka va qovoqni o‘rta bo‘laklarga bo‘lib oling. Mahsulotlarni tuzli suvda yumshoq bo‘lgunga qadar qaynatib oling. Suvni to‘kib tashlang.
  7. Sariyog‘ qo‘shing va pyure tayyorlash uchun kartoshkani maydalang.
  8. Massani qolipga soling. Sabzavotli pyureni qolipga tekis yoying.
  9. Zapekankani 35-40 daqiqa davomida 180 daraja haroratda oldindan qizdirilgan pechda pishirib oling. 

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz