Tuzli feta pishlog‘i qo‘shib tayyorlanadigan omlet mazali ta’mga ega. Achchiq pomidor sousi yegulikka o‘ziga xos ta’m beradi, shuningdek unga o‘zingizga yoqqa ko‘katlarni qo‘shsangiz bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • piyoz — ta’bga ko‘ra
  • sarimsoq — 2 donacha
  • qizil bulg‘or qalampiri — 1 dona
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq
  • dudlangan paprika — 1 choy qoshiq
  • zira — 1 choy qoshiq
  • chili bo‘lakchalari — 1 choy qoshiq
  • o‘z sharbatida to‘g‘ralgan pomidor — 400 g
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • tuxum — 2-3 dona
  • feta pishlog‘i — 50 g
  • kinza — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Piyoz, sarimsoq va bulg‘or qalampirini mayda bo‘laklarga bo‘lib oling. O‘simlik yog‘ini qizdiring.
  2. Piyozni yumshoq bo‘lgunga qadar 1-2 daqiqa davomida qovuring. Sarimsoq va bulg‘or qalampirini qo‘shing, hamma mahsulotlarni aralashtirib, yana 4-5 daqiqa davomida pishirib oling.
  3. Qovurilgan mahsulotlarning ustiga ziravorlar qo‘shing, aralashtiring va yana bir daqiqa qovuring. Pomidorlarni soling va katta bo‘laklarni vilkalar bilan maydalang. Yegulikni idishning qopqog‘ini yopmasdan 10-15 daqiqa qalinlashguncha qovuring.
  4. Sousni ta’bga ko‘ra tuz qo‘shing. Qoshiq bilan kichik teshiklar paydo qiling. Ehtiyotkorlik bilan tuxumni ularga chaqing, shakshukani tuxum oqi pishguncha 5-6 daqiqa davomida qovuring.
  5. Tayyor shakshukaning ustiga maydalangan feta pishlog‘i va kinzani seping.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz