Tez tayyorlanadigan va to‘yimli narsa pishirishni xohlaysizmi? Sosiska va kartoshkadan tayyorlanadigan taom bu borada eng yaxshi variant hisoblanadi. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • kartoshka — 400 g
  • sosiska — 4-5 dona
  • shivit — ta’bga ko‘ra 
  • o‘simlik yog‘i — 3-4 osh qoshiq
  • tuz — ta’bga ko‘ra 

Tayyorlanishi:

  1. Kartoshka va sosiskalarni o‘rtacha bo‘laklarga bo‘ling. Ko‘katlarni maydalab oling.
  2. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirib oling. Kartoshkani solib, qizargunga qadar 10-15 daqiqa davomida har tomonini qovuring. Tuz qo‘shing. 
  3. Sosiskani qo‘shing va yana 10 daqiqa pishirib oling.
  4. Tayyor bo‘lgan taomning ustiga shivitni sepib, aralashtiring. 

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz