Bayramona dasturxon uchun qanday taom va yeguliklar pishirishni o‘ylab yurgan bekajonlar uchun ajoyib taklif. Marie Claire oilaning barcha a’zolariga manzur keladigan, qolaversa, bor-yo‘g‘i 4 mahsulotdan tayyorlanadigan go‘shtli rulet retsepti bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • qiyma — 500 gramm;
  • qat-qat xamir — 5oo gramm;
  • xantal urug‘i — 1 osh qoshiq;
  • asal — 1 osh qoshiq.
Foto: Marie Claire

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qiyma, xantal va asal idishga solinib, sanchqi yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Ta’bga ko‘ra, tuz va ziravorlar sepiladi.
  2. Pergament solingan list yuzasiga xamirning bir qismi yoyiladi.
  3. Ustidan qiymali aralashma solinadi.
  4. So‘ngra xamir rulet shaklida o‘rab chiqiladi.
  5. Sanchqi yordamida rulet yuzasiga turli naqsh chizish mumkin.
  6. Ta’bga ko‘ra, yegulik bir nechta bir xil bo‘lakka bo‘linadi. Buni rulet pishgandan keyin ham amalga oshirish mumkin.
  7. Tuxumning sarig‘i rulet qizarib pishishi uchun yuzasiga surtiladi.
  8. Ruletlar 180 darajada qizdirilgan pechga qo‘yiladi va 30 daqiqa yordamida pishiriladi.
  9. Ruletlar tayyor bo‘lgach, issiq yoki sovuq holda souslar bilan dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz