Fransuzcha uslubda tayyorlanadigan tovuq sonlarini bayram dasturxonini bezatish uchun pishirish mumkin. Pishloq va pomidor tovuq oyoqchalarini yanada mazali qiladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • sarimsoq — 2-3 donacha
  • smetana — 3 qoshiq
  • mayonez — 2-3 qoshiq
  • tovuq soni — 6 dona
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • o‘simlik yog‘i — 1 qoshiq
  • pishloq — 200 g
  • pomidor — 2 dona

Tayyorlanishi:

  1. Sarimsoqni qirg‘ichdan o‘tkazing va unga smetana, mayonez qo‘shing.
  2. Tovuq sonlarini murch, tuz, smetana, mayonezli sous bilan aralashtiring va yog‘langan qolipga qo‘ying.
  3. Pishloqni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Uni qolgan sous bilan aralashtiring. Pomidorlarni bo‘laklarga bo‘lib oling.
  4. Har bir tovuq soniga bir parrak pomidor va pishloq qo‘ying. Yegulikni 40-45 daqiqa davomida 180 daraja haroratda oldindan qizdirilgan pechda pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz