Ismaloq va pishloq qo‘shib tayyorlanadigan tovuq go‘shtli yegulik mazali ta’mga ega. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni qo‘shsangiz ham bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar: 

  • o‘simlik yog‘i — 1 qoshiq va moylash uchun 
  • sariyog‘ — 1 qoshiq
  • muzlatilgan ismaloq — 200 g
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • rikotta — 2-3 qoshiq
  • qattiq pishloq — 70-80 g
  • tovuq filesi — 2 dona
  • murch — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirilgan idishga soling. Ismaloq qo‘shing va namlik bug‘lanib ketguncha pishiring.
  2. Biroz tuz qo‘shing va sovutib rikkota bilan aralashtiring.
  3. Qattiq pishloqni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing.
  4. Tovuq filesida bir nechta chuqur ko‘ndalang kesmalar hosil qiling. Unga tuz va murch seping. Ichini ismaloq va rikotta bilan to‘ldiring.
  5. Tovuq filesini moylangan idishga joylashtiring. Ustiga maydalangan pishloq seping.
  6. Yegulikni pechda taxminan 25-30 daqiqa davomida 190 daraja haroratda pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz