Qo‘y go‘shti qo‘shib tayyorlanadigan sho‘rva zira, kashnich, zanjabil va dolchinning yorqin ta’mi va xushbo‘yligi bilan sizni o‘ziga rom etadi. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • qo‘y go‘shti — 600-700 g
  • pomidor sharbati — 400 g
  • sabzi — 2 dona
  • selderey — ta’bga ko‘ra
  • piyoz — 1 dona
  • sarimsoq — 2 donacha
  • o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq
  • maydalangan zira — 2 qoshiq
  • maydalangan kashnich — 2 qoshiq
  • maydalangan zanjabil —  yarim qoshiq
  • maydalangan dolchin — yarim qoshiq
  • suv — 2 l
  • yashil yasmiq — 100 g
  • tuz — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Go‘shtni o‘rtacha, pomidor, sabzi va seldereyni kichikroq bo‘laklarga, piyoz va sarimsoqni mayda qilib to‘g‘rab oling.
  2. O‘simlik yog‘ini idishga solib o‘rtacha olovda qizdiring. Qo‘y go‘shtini qizarguncha qovuring. Unga piyoz, sabzi, selderey va sarimsoq qo‘shib yana 3-4 daqiqa davomida qovurib oling.
  3. Masalliqlarga maydalangan zira, kashnich, zanjabil va dolchin bilan seping va yana 1 daqiqa olovda qoldiring.
  4. Hamma mahsulotlarning ustiga issiq suv quying, pomidor va uning sharbatini ham qo‘shing. Taomni past olovda 1 soat davomida qopqoq ostida pishiring.
  5. Unga yuvilgan yasmiq, tuz qo‘shing va yana 30-40 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz