Banan qo‘shib tayyorlanadigan pankeyklar mazali ta’mga ega bo‘ladi. Pankeyklardan xushbo‘y hid kelib turishi uchun ularga dolchin va vanilin soling. Unga o‘zingizga yoqqan boshqa mevalarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • un — 1 stakan
  • shakar — 1 qoshiq
  • pishiriq kukuni — 2 qoshiq
  • tuz — bir qoshiqning to‘rtdan bir qismi miqdorida 
  • banan — 2 ta
  • tuxum — 1 dona
  • sut — 1 stakan
  • o‘simlik moyi — 2 qoshiq va yana qovurish uchun
  • vanilin — 1 chimdim
  • dolchin — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Un, shakar, pishirish kukuni va tuzni bitta idishga solib aralashtiring. Agar xohlasangiz, vanilin va dolchin qo‘shing.
  2. Bananlarni vilkalar yoki blender bilan ezib pyure holatiga keltirib oling.
  3. Mevalarni tuxum, sut va o‘simlik yog‘i bilan aralashtiring.
  4. Unni elakdan o‘tkazib banan massasi bilan yaxshilab aralashtirib oling.
  5. Idishni o‘rtacha olovda qizdiring va unga ozgina o‘simlik yog‘i quying.
  6. Xamirni qoshiq bilan tovaga soling va ikki tomoni qizargunga qadar pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz