Ish bilan bog‘liq vaziyatlarda, mehmonga borganda yoki boshqa bir sabab bilan uyga kechikib kelgan ko‘plab ayollar kechki taomni tayyorlashda tez tayyor bo‘ladigan retseptlarga murojaat qiladi. “Goryashaya izba” nashri uy bekalari uchun 20 daqiqada oson tayyorlanadigan 5 xil taom retseptini taqdim etdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Tovuqli faxitas retsepti 

Ko‘p miqdorda taom iste’mol qiluvchilar uchun yaxshi retsept. Tortillaning barcha mahsulotlarini alohida idishlarga qo‘yish mumkin, bunday holatda har kim o‘z yeguligiga kerakli bo‘lgan mahsulotlarni soladi. solmoqchi bo‘lgan mahsulotlarni yig‘adi. Masalan, pomidor, bodring, piyozni alohida ajratib boshqa idishlarga solish mumkin.

Foto: “Goryashaya izba”

Kerakli masalliqlar:

  • tovuq filesi — 400 g
  • bulg‘or qalampiri — 1 dona
  • pomidor — 1-2 dona
  • bodring — 1-2 dona
  • salat bargi — 1 bog‘
  • qizil piyoz — 2 dona
  • tortilya xamiri — 4 dona
  • limon — yarimta
  • maydalangan chili qalampiri — yarim qoshiq
  • tuz — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Tovuq filesi, bulg‘or qalampiri va bir dona piyozni kub shaklida to‘g‘rab oling. Unga tuz va qalampir qo‘shib aralashtiring. Mahsulotlarni pishirish varag‘iga qo‘ying va 20 daqiqa davomida pechga pishirib oling. Bunday holatda “gril” rejimidan foydalangan ma’qul.
  2. Tovuq pishayotgan paytda, salsa tayyorlang. Buning uchun pomidor, bodring va piyozni mayda kubik shaklida to‘g‘rang va tuz bilan aralashtiring.
  3. Salat barglarini yuving va bo‘laklarga bo‘ling.
  4. Pishloqni maydalang.
  5. Tortilyalarni mikroto‘lqinli pechda yoki quruq qovurilgan idishda qizdiring. Ularning har birini mahsulotlar bilan to‘ldiring va ustiga limon sharbatini quying. Shundan keyin yegulikni dasturxonga tortishingiz mumkin.

Tovada pishiriladigan jyulen retsepti 

Ushbu jyulenni qaymoqli sousga non bo‘laklarini solib tovada tayyorlash mumkin. Agar taomni pechda pishirib, ustiga pishloq solsangiz yanada mazali bo‘ladi.

Foto: “Goryashaya izba”

Kerakli masalliqlar: 

  • tovuq filesi — 300 g
  • qo‘ziqorin — 200 g
  • piyoz — 1 dona
  • qaymoq — 200 ml
  • pishloq — 100 g
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • qalampir — ta’bga ko‘ra
  • o‘simlik yog‘i — qovurish uchun yetarlicha

Tayyorlanishi:

  1. Piyozni mayda qilib to‘g‘rang.
  2. Qo‘ziqorinlar va tovuq go‘shtini kattaroq bo‘laklarga bo‘lib oling.
  3. Tovaga biroz o‘simlik yog‘i solib piyozni qovuring. Unga tovuq go‘shtini qo‘shib pishiring.
  4. Tovaga qo‘ziqorinlarni soling va yana besh-o‘n daqiqa qovurib oling. Masalliqlarga tuz va qalampir qo‘shib aralashtiring.
  5. Qaymoqni tovaga soling. Mahsulotlarning pishishini kuting.
  6. Taomning ustiga pishloq seping va u eriguncha masalliqlarni qopqoq ostida pishiring.

Mol go‘shti va cherri pomidori qo‘shib tayyorlanadigan makaronli taom retsepti 

Taomni tayyorlashda unga o‘zingizga yoqqan sabzavotlarni qo‘shishingiz mumkin. Sabzavotlar shaklini yo‘qotmasligi uchun ularni taomga pishishidan biroz oldin soling.

Foto: “Yandeks.ru”

Kerakli masalliqlar:

  • makaron — 300 g
  • mol go‘shti — 200 g
  • cherri pomidori — 10 dona
  • rayhon — yarim qoshiq
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • o‘simlik yog‘i — qovurish uchun 

Tayyorlanishi:

  1. Makaronni pishguniga qadar qaynatib oling.
  2. Mol go‘shtini uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘ling va tovaga o‘simlik yog‘ini quyib uni qovurib oling. Unga yarim bo‘laklarga bo‘lingan cherri pomidorlarini qo‘shing va bir-ikki davomida pishirib oling.
  3. Tovaga makaron, rayhonni qo‘shib aralashtiring. Ta’bingizga ko‘ra tuz qo‘shing va dasturxonga torting.

Tovada pishiriladigan pitssa 

Kechki ovqat uchun oson tayyorlanadigan taomlardan biri pitssadir. Ushbu pitssaga uyingizda bor bo‘lgan masalliqlarni solishingiz mumkin. Pitssaning yanada mazali bo‘lishi uchun turli xil pishloqlardan foydalaning.

Foto: “Goryashaya izba”

Kerakli masalliqlar:

  • un — 1 stakan
  • smetana — yarim stakan
  • mayonez — 3 qoshiq
  • tuxum — 2 dona
  • pomidor — 1 dona
  • bulg‘or qalampiri — 2 dona
  • mol go‘shti — 100 g
  • pishloq — 100 g
  • ketchup — 2 qoshiq
  • rayhon — yarim qoshiq
  • o‘simlik yog‘i — qovurish uchun 

Tayyorlanishi:

  1. Xamir qoring. Buning uchun tuxum, smetana, un va ikki osh qoshiq mayonezni aralashtiring.
  2. Xamirni yog‘langan tovaga yoyib, o‘rtacha olovda qopqoq ostida pishiring.
  3. Ustiga ketchup, mayonez va rayhon soling.
  4. Mol go‘shti va sabzavotlarni ingichka qilib to‘g‘rab oling va pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazing.
  5. Yarim tayyor xamirning ustiga sous soling. Barcha mahsulotlarni teng ravishda taqsimlang va pishloq seping. Yegulikni yaxshi pishguniga qadar tovada qoldiring.

Kayzershmarn 

Ushbu desertga kunjut urug‘i, mayiz, bodom barglari, olma yoki boshqa har qanday mahsulotni qo‘shishingiz mumkin. Tez tayyor bo‘ladigan yegulik mazali ta’mga ega.

Foto: “Goryashaya izba”

Kerakli masalliqlar:

  • tuxum — 3 dona
  • un — 1 stakan
  • sut — 1 stakan
  • shakar — 2 qoshiq
  • shakar kukuni — 1 qoshiq
  • sariyog‘ —  20 g
  • tuz — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Tuxumning oqini sarig‘idan ajrating. Sariqlarini shakar, sut va un bilan aralashtiring. Oq qismini mayin bo‘lgunga qadar ko‘pirtiring va sarig‘iga asta-sekin qo‘shing.
  2. Qizdirilgan idishda sariyog‘ni eritib oling. Xamirni soling va bir tekis qilib taqsimlang.
  3. Yegulikni qizargunga qadar qovuring. Ehtiyotkorlik bilan bir necha qismlarga bo‘lib, aylantiring. Boshqa tomonlarini qovuring. Dasturxonga tortishdan oldin ustiga shakar va uning kukunini seping.

От qwert.uz