Oila a’zolarni mazali shirinliklar bilan xursand qilish uchun oshxonada ko‘p vaqt sarflash shart emas. Olma, shokolad va murabbo qo‘shib tayyorlanadigan pirogni 30 daqiqa ichida tayyorlash mumkin.
— Manba: «Daryo» nashri.
Kerakli mahsulotlar:
- tayyor xamir — 250 gramm;
- sutli shokolad — 90 gramm;
- olma — 1 dona;
- murabbo — 2 osh qoshiq;
- sut — 1 osh qoshiq;
- yong‘oq — 20 gramm.
Tayyorlanish jarayoni:
- Olma yuvilib, qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
- Tayyor xamirga un sepilib, uzun qilib yoyiladi.
- Xamir markaziga shokoladni qo‘yib, o‘lcham bo‘yicha xamirning ikki tomoni kesib chiqiladi.
- So‘ngra shokoladni olib, avval olma, ustidan murabbo va shokolad qo‘yiladi.
- Xamirning ikki cheti masalliqlar ustidan o‘rib chiqiladi.
- Xamir yuzasiga sut surtilib, maydalangan yong‘oq sepiladi.
- Pirog 200 daraja pechda 15-20 daqiqa davomida pishirib olinadi.
Yoqimli ishtaha!