Tovuq filesi, xushta’m pomidor sousi va pishloq makaronli taomning yanada mazali bo‘lishini ta’minlaydi. Taomga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • tovuq filesi — 3 dona
  • piyoz — 1 dona
  • pomidor qaylasi — 400-450 g
  • sarimsoq — 2 donacha
  • o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch —  ta’bga ko‘ra
  • maydalangan qalampir —  ta’bga ko‘ra
  • makaron — 300 g
  • pishloq — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Tovuq filesini o‘rtacha bo‘laklarga bo‘lib oling va piyoz, pomidor va sarimsoqni mayda bo‘laklarga bo‘ling.
  2. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirib oling. Piyozni yumshoq bo‘lguncha va qizargunga qadar 4-5 daqiqa davomida qovuring. Unga sarimsoq qo‘shing va yana yarim daqiqa pishiring.
  3. Idishga tovuq filesini soling. Barcha bo‘laklari pishgunicha qovurib oling.
  4. Pomidor qaylasini tuz va qalampir bilan aralashtiring. Uni idishga soling va o‘rtacha olovda taxminan 20-25 daqiqa qaynatib oling.
  5. Makaronni ham 8-10 daqiqa qaynatib oling. Uni filtrdan o‘tkazing.
  6. Makaronni tovuq va qayla bilan arlashtiring. Taomni dasturxonga tortishdan oldin ustiga maydalangan pishloq soling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz