Kartoshka va tovuq qiymasidan tayyorlanadigan ushbu yegulik mazali ta’mga ega. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • kartoshka —  1 dona
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • piyoz — 2 dona
  • tuxum — 2 dona
  • un — 3 qoshiq
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • tovuq qiymasi — 250 g
  • o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. Kartoshkani katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazib, unga ozgina tuz qo‘shing. Bir necha daqiqadan so‘ng kartoshkaning suvini siqib oling.
  2. Bitta piyozni ham maydalang va undan chiqqan suyuqlikni to‘kib tashlang. Kartoshka bilan aralashtirib, bir-ikki daqiqaga qoldiring va yana siqib oling.
  3. Kartoshkaga tuxum, un, ozgina tuz va murch qo‘shing va yaxshilab aralashtiring.
  4. Ikkinchi piyozni ham mayda qilib to‘g‘rang. Unga qiyma, tuz, murch qo‘shing va yaxshilab aralashtirib oling.
  5. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirib oling. Kartoshka aralashmasini tovaga soling va teng ravishda yoying. Ustiga qiymani qo‘shing va yana ustidan kartoshkali qatlamni yoying.
  6. Kartoshkali yegulik yaxshi qizarishi uchun uni har tomonidan 4-5 daqiqa qovuring.
  7. Qolgan yeguliklarni ham shu tarzda pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz