Quritilgan mevalardan tayyorlanadigan mazali va yumshoq zapekanka nonushta uchun mukammal shirinlik hisoblanadi. Unga o‘zingizga yoqqan quritilgan mevani qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar: 

  • quritilgan o‘rik — 200-250 g
  • tuxum — 3 dona
  • tvorog — 650 g
  • manniy yormasi — 3 qoshiq
  • smetana — 3 qoshiq
  • tuz — bir qoshiqning to‘rtdan bir qismi
  • shakar — 2-3 qoshiq
  • o‘simlik yog‘i — 1 qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. Quritilgan o‘rikni 10-15 daqiqa issiq suvga solib qo‘ying. Keyin suvdan olib quritib uni bo‘laklarga bo‘ling. Shirinlikka ta’bingizga qarab kamroq yoki ko‘proq quritilgan mevalarni qo‘shishingiz mumkin.
  2. Tuxumning sarig‘ini oqidan ajratib oling. Tuxum sarig‘ini manniy yormasi, tvorog, smetana, tuz va shakar bilan blender yordamida aralashtirib oling.
  3. Tuxum oqini blender bilan ko‘pirguncha aralashtirib oling.
  4. Tvorogli massani quritilgan o‘rik bilan aralashtiring. Shundan so‘ng unga tuxum oqini soling.
  5. Pishirish idishini o‘simlik yog‘i bilan yog‘lang. Undagi tvorog massasini teng ravishda taqsimlang.
  6. Quritilgan va tvorogli zapekankani 180 daraja haroratda 40 daqiqa davomida pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz