Kolbasa va pomidor qo‘shib tayyorlanadigan yegulik to‘yimli va mazali. Unga xohishingizga qarab boshqa sabzavotlar va mahsulotlarni qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • kolbasa yoki sosiska — 400-500 gr
  • pishloq — 200-300 g
  • pomidor — 2-3 dona
  • ko‘katlar — ta’bga ko‘ra
  • katta hajmli, yupqa lavash xamiri — 1 dona
  • mayonez yoki smetana — ta’bga ko‘ra
  • tuxum — 1 dona

Tayyorlanishi:

  1. Kolbasa va bodringni (agar ulardan foydalansangiz) bo‘laklarga bo‘ling. Pishloqni ham mayda qilib to‘g‘rang. Pomidorning urug‘lari va mag‘zini olib tashlang, qattiq qismlarni maydalang. Ko‘katlarni ham mayda qilib to‘grab oling.
  2. Lavash xamiriga mayonez yoki smetana surting. Unga barcha tayyorlangan mahsulotlarni soling va burchaklariga e’tibor bermang.
  3. Mahsulotlarni lavash xamirining yon tomoniga soling. Lavash xamirini uzun tomondan boshlab o‘rang.
  4. Lavashni pishiriq varag‘i qoplangan listga qo‘ying. Ustiga tuxum aralashmasini surting.
  5. Yegulikni pechda taxminan 15 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishiring. Xamirning yuqori qismi qizarishi kerak.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz