Qovoqchali oladyelardan charchadingizmi? Unda oddiy sabzavotlardan pishloqli pirog tayyorlang. Ushbu mazali pirogga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • qovoqcha — 300 g
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • pishloq — 50 g
  • tuxum — 3 dona
  • sut  — 150 ml
  • un — 180 g
  • pishiriq kukuni  — yarim choy qoshiq
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. Qovoqchani maydalagichda maydalang, unga tuz qo‘shib aralashtiring va 5-10 daqiqaga qoldiring.
  2. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazing. Qovoqchaga tuxum, sut va tuz qo‘shib aralashtiring.
  3. Ustiga un, pishiriq kukuni va pishloq qo‘shing, xamirni silliq bo‘lguncha aralashtirib oling.
  4. Diametri 26-28 sm bo‘lgan masalliq qovuriladigan idishni qizdiring va uni o‘simlik yog‘i bilan yog‘lang. Unga xamirni soling.
  5. Tovaning qopqog‘ini yoping va masalliqni 12-15 daqiqa davomida past olovda pishiring.
  6. Katta tekis tarelkani yog‘lang va unga pirogni ehtiyotkorlik bilan solib o‘girib oling.
  7. Qovoqchali pirogni tovaga qaytarib soling. Yana 5-7 daqiqa qopqoq ostida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz