Qo‘ng‘iroq ovozi. Katta tanaffus. Maktab oshxonasidagi oq qalpoqli, vanil isi kelib turadigan to‘lachadan kelgan ayol sotadigan bulochkalar hammaning yodida qolgan bo‘lsa kerak. “Noviy ochag” nashri o‘sha shirin damlarni yodga olib, o‘quvchilik davrida sevib iste’mol qilingan bulochkalar retsepti bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Kefir qo‘shib tayyorlanadigan bulochka

Foto: “Noviy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • kefir — 250 ml;
  • tuxum — 1 dona;
  • un — 400 gramm;
  • o‘simlik yog‘i — 50 ml;
  • sariyog‘ — 50 gramm;
  • shakar — 1 osh qoshiq;
  • tuz — 1 chimdim;
  • iste’mol sodasi — 1 choy qoshiq;
  • vanil — 1 chimdim;
  • sirka.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Idishda kefir ozgina qizdirib olinadi, tuxum, tuz, shakar, o‘simlik yog‘i, sirka bilan o‘ldirilgan iste’mol sodasi qo‘shiladi.
  2. Ko‘pirguncha yaxshilab aralashtiriladi.
  3. Un elakdan o‘tkazilib, xamir qoriladi.
  4. Sariyog‘ eritib qo‘shiladi va xamir yanada yumshaydi. So‘ngra xamir tinishi uchun 30-40 daqiqaga qoldiriladi.
  5. Ta’bga ko‘ra turli shaklda, mayiz, mak kabilarni qo‘shib, bulochkalarni pishirib olish mumkin. Muhimi — ularni pishirishdan oldin o‘simlik yog‘ini surtishni unutmaslik.

Xamirturush qo‘shib tayyorlanadigan bulochka

Foto: “Noviy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • sut — 250 ml;
  • tuxum — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 50 ml;
  • sariyog‘ — 50 gramm;
  • xamirturush — 10 gramm;
  • un — 500 gramm;
  • tuz, vanil — 1 chimdim;
  • shakar — 2 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Iliq sutga oz-ozdan xamirturush, tuxum, shakar, tuz, vanilin, o‘simlik yog‘i va elakdan o‘tkazilgan un qo‘shib, xamir qoriladi.
  2. Xamirga eritilgan sariyog‘ning yarmi qo‘shiladi.
  3. Xamir qo‘l bilan yaxshilab qoriladi, lekin o‘ta qattiq emas, biroz yopishqoq bo‘lishi kerak.
  4. Xamir ikki marta ko‘pchib chiqishi uchun 40 daqiqaga issiq joyga qo‘yiladi.
  5. Tayyor bo‘lgach, xamir yana qorilib, 20 daqiqaga qo‘yiladi.
  6. So‘ngra xamirni dumaloqlab, pishirish varag‘ida 10-15 daqiqaga qoldiriladi. 20-25 daqiqa davomida 200 daraja pechda pishiriladi.

Mineral suv qo‘shib tayyorlanadigan bulochka

Foto: “Noviy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • mineral suv — 300 ml;
  • un — 600 gramm;
  • o‘simlik yog‘i — 50 ml;
  • tuxum — 1 dona;
  • shakar — 2 osh qoshiq;
  • xamirturush — 5 gramm.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Suv, xamirturush, shakar, tuz aralashtiriladi. 2-4 daqiqaga qoldiriladi.
  2. Elangan un, tuxum, yog‘ qo‘shiladi. Hamma mahsulot yaxshilab aralashtiriladi. Xamir yopishqoq bo‘lmasligi kerak.
  3. Sochiq yopilib, iliq joyda 40 daqiqaga qoldiriladi. Xamir juda yaxshi ko‘tariladi.
  4. Tayyor bo‘lgan xamir dumaloqlanib, o‘simlik yog‘i surtiladi. Yuzasiga ta’bga ko‘ra kunjut sepish mumkin.
  5. Yon tomoniga tuxum sarig‘i surtiladi.
  6. 200 daraja haroratda 20-25 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz