Qiymali kotletlarga sabzavotlar qo‘shilsa, yanada shirali, yumshoq va mazali bo‘ladi. Unga ta’bingizga ma’qul keladigan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • o‘rtacha kattalikdagi qovoqcha — 1 dona
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • piyoz  — 1 dona
  • qiyma  — 400-450 g
  • ezilgan non bo‘laklari
  • tuxum — 1 dona
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • o‘simlik yog‘i — 3 qoshiq 

Tayyorlanishi:

  1. Qovoqchani qirg‘ichdan o‘tkazing. Qovoqchaga bir choy qoshiq tuz qo‘shing, aralashtiring va 5 daqiqaga qoldiring. Ortiqcha suvni olib tashlash uchun qovoqchani siqib oling.
  2. Piyozni mayda qilib to‘g‘rang.
  3. To‘g‘ralgan go‘shtni qovoqcha, piyoz, ezilgan non bo‘laklari, tuxum, tuz, murch bilan aralashtiring. Kotletlarni dumaloq shaklga keltirib oling.
  4. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirib oling. Kotletlarni har tomondan bir necha daqiqa qovuring, shunda ular yaxshi qovuriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz