Tovuqli sendvichlar juda to‘yimli va mazali. Taomning ustki qismi qarsillaydi va ichi suvli bo‘ladi. Nonushta tayyorlayotgan paytda vaqtni tejash uchun tovuqni bir kun oldin qovurib qo‘ysa ham bo‘ladi. Kechki ovqatdan ortib qolgan go‘shtni ham ishlatish mumkin.
— Manba: «Daryo» nashri.
Kerakli masalliqlar:
- tovuq filesi — 500 g
- tuz — ta’bga ko‘ra
- murch — ta’bga ko‘ra
- pishloq — 100 g
- pomidor — 1 dona
- bug‘doy unidan tayyorlangan non — 4 bo‘lak
- mayonez — 1 qoshiq
Tayyorlanishi:
- Tovuq filesini tuz va murch bilan aralashtirib oling. Uni folga qog‘oziga o‘rab 180-190 daraja haroratda 40 daqiqa davomida pishiring.
- Tovuq filesi, pishloq va pomidorni mayda qilib kesib oling.
- Bir bo‘lak nonga mayonez surting. Ustidan tovuq go‘shti, pomidor va pishloq bo‘laklarini tering. Ikkinchi bo‘lak nonni mahsulotlarning ustiga qo‘ying.
- Sendvichlarni maxsus idishda yoki quruq tovada qovurib oling.
Yoqimli ishtaha!