Qovoqcha va pomidordan tayyorlanadigan ushbu yegulikni tayyorlash juda oson. Shu bilan birga taom ishtahani ochuvchi mazali ta’mga ega. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni qo‘shishingiz mumkin.
— Manba: «Daryo» nashri.
Kerakli masalliqlar:
- qovoqcha — 1 dona
- tuxum — 2 dona
- tuz — ta’bga ko‘ra
- murch — ta’bga ko‘ra
- sarimsoq — 1 donacha
- mayonez — 3-4 qoshiq
- pomidor — 2-3 dona
- o‘simlik yog‘i — 3 qoshiq
- ukrop — ta’bga ko‘ra
Tayyorlanishi:
- Qovoqchani bo‘laklarga bo‘lib oling va uning suvini qog‘oz sochiq bilan quriting.
- Tuxumni bir chimdim tuz va murch bilan ko‘pirtiring.
- Sarimsoqni qirg‘ichdan o‘tkazing va mayonez bilan aralashtiring. Pomidorlarni doira shaklida kesib oling.
- O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirib oling. Qovoqchaning har bir bo‘lagini tuxumga botirib oling va ikkala tomondan oltin jigarrang bo‘lguncha qovuring.
- Qovoqchani idishga terib chiqing. Har bir bo‘lakka sarimsoq va mayonez aralashmasini surting va ustiga pomidor bo‘lagini qo‘ying.
- Qovoqchaning sovishini kuting. Pomidorning ustiga mayda to‘g‘ralgan ukrop seping va iste’mol qiling.
Yoqimli ishtaha!