Lifehacker nashri makkajo‘xorini yanada mazali hamda ishtahaochar tarzda dasturxonga tortishning 3 usuli bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacke

Asalli sutda pishiramiz

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • makkajo‘xori — 4 dona;
  • sut — 300 ml;
  • sariyog‘ — 80 gramm;
  • asal — 2 osh qoshiq;
  • timyan va tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Makkajo‘xori tozalanib, idishga solinadi. Usti qoplanguncha yetarli miqdorda suv quyiladi va tuz qo‘shiladi.
  2. Suv qaynab chiqqach sut qo‘shiladi, ustidan sariyog‘, bir osh qoshiq asal va timyan solinadi va o‘rtacha olovda qaynatiladi.
  3. Qaynagach olov minimal darajaga tushiriladi va makkajo‘xori yumshoq bo‘lguncha taxminan 15 daqiqa qaynatib olinadi.
  4. Tayyor bo‘lgan makkajo‘xori alohida idishga olinadi va ustiga makkajo‘xori surtish va ko‘katlar bilan dasturxonga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Limon, sarimsoq va achchiq qalampir bilan qovuramiz

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • makkajo‘xori — 4 dona;
  • sariyog‘ — 10 gramm;
  • o‘simlik yoki zaytun moyi — 1 osh qoshiq;
  • sarimsoq — 2-3 bo‘lak;
  • achchiq qalampir — 1 dona;
  • limon sharbati — 2 choy qoshiq;
  • suv — 100 ml.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Makkajo‘xorilar tuzli suvda qaynatib olinadi, taxminan 10 daqiqa. Qovuriladigan idishga sariyog‘ va o‘simlik yog‘ini qo‘shiladi.
  2. Sarimsoq mayda to‘g‘raladi, qalampir doira shaklida kesib olinadi va ular moy aralashmasiga solinadi va 1-2 daqiqa qovuriladi. So‘ngra tovaga makkajo‘xori solinadi.
  3. Limon sharbati va suv aralashtiriladi. Qolgan masalliqlar solinadi.
  4. Taxminan 5 daqiqa davomida qopqog‘i yopilib, qaynatib olinadi, vaqti-vaqti bilan makkajo‘xorilar aylantirib turiladi.
  5. Keyin qopqoq olib tashlanib, makkajo‘xori yana bir necha daqiqa qovuriladi.
  6. Makkajo‘xorilar dasturxonga sous bilan birgalikda tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

Sariyog‘ bilan birga pishiramiz

Foto: Lifehacker

Tayyorlanish jarayoni:

  • sariyog‘ — 125 gramm;
  • sarimsoq — 1 dona;
  • piyoz, rayhan va boshqa ko‘katlar;
  • yarimta limon qobig‘i, tuz, qalampir;
  • makkajo‘xori — 4 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Xona haroratidagi sariyog‘ga to‘g‘ralgan sarimsoq, ko‘katlar, limon qobig‘i, tuz va qalampir qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Sariyog‘dan istalgan shakl hosil qilinadi va uni muzlatkichga yuboriladi.
  3. Makkajo‘xori tuzli suvda yoki grilda pishirib olinadi.
  4. Tayyor bo‘lgach, muzlatilgan xushta’m sariyog‘ bo‘laklari makkajo‘xori bilan dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz