Qiyma va guruchdan tayyorlanadigan ushbu taom mazali va foydali xususiyatlarga ega. Taomga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni qo‘shishingiz va boshqa sabzavotlardan ham foydalanishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • oq bargli karam — o‘rtacha kattalikdagi 1 bosh
  • guruch — 120 g
  • sabzi — 2 dona
  • piyoz — 2 dona
  • o‘simlik yog‘i — 3 qoshiq va moylash uchun
  • qiyma — 800-900 g
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • tomat pastasi — 2-3 qoshiq
  • suv — 400-450 ml

Tayyorlanishi:

  1. Karamning ildiz qismini ehtiyortkorlik bilan olib tashlang.
  2. Katta idishda suvni qaynatib oling. Karam barglarini 4-5 daqiqa qaynating, ustki qismidagi barglarni olib tashlang. Hamma barglarni olib tashlamaguningizcha, uni  qaynatishda davom eting va karam boshini qismlarga ajrating.
  3. Karam barglarini sovutib oling. O‘ramlarni aylantirishni osonlashtirish uchun karam barglarini qattiq qismlaridan ajratib oling.
  4. Guruchni yarim tayyor bo‘lgunga qadar, 10 daqiqa davomida qaynatib oling. So‘ngra uni sovuting.
  5.  Sabzini katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Piyozni mayda qilib to‘g‘rang. Sabzavotlarni yumshoq va qizargunga qadar uch osh qoshiq yog‘ bilan qovuring. Ularni ham sovutib oling.
  6.  Guruch va qiyma go‘shtini yarim qovurilgan sabzavotlar, tuz va murch bilan aralashtiring.
  7. Bitta karam bargini oling. Unga go‘sht va guruchni solib o‘ramalar hosil qiling.
  8. Xuddi shu tarzda, qolgan karam barglariga ham qiymani solib o‘rab chiqing.
  9. O‘ramlarni moylangan idishga soling.
  10. Qolgan qovurilgan sabzavotlarni tomat pastasi va tuz bilan aralashtiring. Ularni iliq suvga solib yana aralashtiring. Aralashmani karamning ustiga soling.
  11. O‘ramalarni 180 daraja haroratda 40-45 daqiqa davomida pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz