Nonushta, albatta, mazali bo‘lishi kerak. Bu insonning ko‘nglini ko‘taradi, ish kuni yengilroq o‘tishiga hissa qo‘shadi va energiya bilan ta’minlaydi. Aytgancha, parhezshunoslarning ta’kidlashicha, ertalab nonushta qilish uchun sevimli mahsulotlarni kunning boshqa vaqtlariga qaraganda ko‘proq sotib olish mumkin. “Noviy ochag” nashri nonushta uchun ayni muddao bo‘lgan bir qancha retseptlar bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Nonushta uchun sendvich 

Foto: “Noviy ochag”

Nonushta deganda xayolga faqat kolbasa yoki pishloq kelishi mumkin. Ammo sendvichga endi sabzavot, suyuq pishloq, turli xil ta’mli sous qo‘shib, tatib ko‘rish tavsiya etiladi. Aytgancha, avokado ham sendvich uchun juda ajoyib variant. Uni blenderda bir qoshiq zaytun moyi va limon sharbati bilan aralashtirib, foydali sous tayyorlash mumkin.

Uyda bor masalliqdan tayyorlanadigan nonushta

Foto: “Noviy ochag”

Uyda pishirilgan tovuqdan qolganmi? Uni sabzavot bo‘laklari, maydalangan pishloq va bir qoshiq issiq sous bilan lavash xamiriga o‘raymiz. Tayyor bo‘lgan rulet issiq tovada 2 daqiqa davomida qizdirib olinadi. Natijada ichidagi masalliqlar erib, ajoyib ta’mni hosil qiladi. Agar qaynatilgan guruch bo‘lsa, uni ziravorlar bilan dimlash mumkin. Yanada to‘yimli bo‘lishi uchun qaynatilgan tuxumni bo‘laklab qo‘shish tavsiya etiladi.

Kechqurun tayyorlanadigan nonushta

Foto: “Noviy ochag”

Nonushta uchun juda yaxshi variant — grenkalar yoki nonli puding. Bundan tashqari, non tuxum-sut aralashmasi bilan to‘yinishi uchun pudingni kechqurun tayyorlab qo‘ygan yaxshiroq. Tongda pechda pudingni pishirish va issiq holda dasturxonga tortish uchun 35 daqiqa kerak bo‘ladi.

Nonushta uchun mazali yegulik

Foto: “Noviy ochag”

Erta tongda bulochkaning xushbo‘y hididan yoqimliroq nima bo‘lishi mumkin? Ammo bunday vaqtda xamir qorish ko‘pchilikka yoqmaydi. Shuning uchun tayyor xamirdan foydalanib, mazali nonushta tayyorlash mumkin. Xamir o‘rtacha kattalikda yoyilib, dastlab sous, pomidor va tuxum bilan pechda pishirib olinadi. Ushbu pishiriq pitssani xush ko‘ruvchilar uchun ayni muddao.

Kuni og‘ir o‘tadiganlar uchun nonushta

Foto: “Noviy ochag”

Agar kun davomida tushlik qilishga vaqt bo‘lmasa, ertangi nonushta uchun tayyor kotletlar xarid qilib, mazali buterbrod tayyorlab olish mumkin. Bulochka orasiga kotlet, salat bargi va ta’bga ko‘ra sabzavotlar hamda tuxum ham qo‘shish tavsiya etiladi. Ushbu yegulik vitaminga boy bo‘lishi bilan birga to‘yimli hamdir.

От qwert.uz