Tovorog va malinadan tayyorlanadigan ushbu shirinlik foydali va to‘yimli hisoblanadi. Uni o‘zingiz yoqtirgan mevalar bilan bezatishingiz mumkin.
— Manba: «Daryo» nashri.
Kerakli masalliqlar:
- tuxum — 4 dona
- shakar — 150 g
- tvorog — 400 g
- qattiq pishloq — 220 g
- smetana 20 foizlik — 200 g
- manniy yormasi — 40 g
- sariyog‘ — ta’bga ko‘ra
- mevalar (malina) — ta’bga ko‘ra
Tayyorlanishi:
- Tuxumni shakar bilan qo‘shib ko‘pirtiring.
- Unga tvorog va smetana qo‘shib blender bilan aralashtiring.
- Ustiga manniy yormasini solib blender bilan ko‘pirtiring.
- Shirinlikning pastki qismiga biroz sariyog‘ va rezavor mevalar qo‘shing (malina, qorag‘at yoki boshqa mevalar). Yuqori qismiga tvorog aralashmasini soling.
- Masalliqlarni 30-40 daqiqa davomida 180 daraja haroratda qizdirilgan pechga qo‘ying. Ustki qismiga o‘zingizga yoqqan mevalarni qo‘shing.
Yoqimli ishtaha!