Standart KitKat shokoladining og‘irligi 40 grammni tashkil etadi. Ushbu shirinlikni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin. KitKat oilaning barcha a’zolariga manzur kelishi shubhasiz. “Noviy ochag” nashri oson tayyorlash mumkin bo‘lgan KitKat retsepti bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Pinterest

Buning uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • Dastlab katta to‘rtburchak shakldagi idishni oldindan tayyorlash kerak.
  • Shirinlik uchun vafli va sutli shokolad kerak bo‘ladi. Ularning soni shokoladning hajmiga qarab o‘zgaradi. Standart shokolad uchun 5 ta vafli va 6 ta sutli shokolad kerak bo‘ladi.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Shokoladning bir qismi bug‘da eritib olinib, biroz sovigach 20-30 millimetrli qolipning pastki qismiga quyiladi.
  2. Suyuq shokolad qattiqashishini tezlashtirish uchun uni muzlatkichga ham qo‘yish mumkin.
  3. So‘ngra vaflilar sovigan shokolad ustidan ketma-ket yotqiziladi.
  4. Qolgan shokolad bug‘da eritilib, vafli ustidan quyiladi.
  5. Tayyor bo‘lgan shokolad bir necha soat davomida muzlatkichda qoldiriladi.
  6. Shokoladning hajmi qalinroq bo‘lishi uchun yana bir qatlam vafli terib, ustidan shokolad quyish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz