Lifehacker nashri taqdim etgan ushbu retseptga ko‘ra, go‘shtli hamda sabzavotli issiq salat sous hamda ziravorlar bilan yanada yoqimli ta’mni hosil qiladi.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • baqlajon — 1 dona;
  • bulg‘or qalampiri — 1 dona;
  • mol go‘shti — 350 gramm;
  • cherri pomidor — 250-300 gramm;
  • o‘simlik moyi —3 osh qoshiq;
  • sarimsoq — 1-2 dona;
  • soya sousi — 4-5 dona;
  • kunjut va ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Baqlajon, bulg‘or qalampiri va mol go‘shti o‘rtacha, pomidor esa to‘rtga bo‘lib to‘g‘raladi.
  2. Tovada qizdirilgan yog‘da avval go‘sht qovurib olinadi.
  3. Alohida idishda baqlajon pishirib olinadi, ustidan bulg‘ori qo‘shilib, 2-3 daqiqa qovuriladi.
  4. Barcha sabzavot bir idishga solinadi, ustidan to‘g‘ralgan sarimsoq, soya sousi va ko‘katlar qo‘shiladi.
  5. Ustiga kunjut sepib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz