Biskvit tortning tashqi ko‘rinishiga ham, mazasiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. “Jenskiye sekreti” nashri juda oson hamda tez tayyorlanadigan biskvit retsepti bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Jenskiye sekreti”

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum — 2 dona;
  • shakar — 150 gramm;
  • o‘simlik yog‘i — 100 ml;
  • smetana — 150 gramm;
  • un — 22- gramm;
  • qabartma — 16 gramm;
  • limon sharbati, qobig‘i, tuz va vanil.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxum shakar, tuz hamda vanil bilan aralashtiriladi va yaxshilab mikserda ko‘pirtiriladi.
  2. Ustidan o‘simlik yog‘i qo‘shiladi va mikserda aralashtirishda davom etiladi.
  3. Smetana ham shu tarzda qo‘shilib, aralashtiriladi. Ta’bga ko‘ra limon sharbati va qobig‘ining kukuni qo‘shiladi.
  4. Un elakdan o‘tkazilib, qabartma bilan aralashtiriladi. So‘ngra suyuq aralashmaga qo‘shiladi.
  5. Qolip yog‘lanadi va massa unga quyiladi.
Foto: “Jenskiye sekreti”

Oldindan 180 daraja qizdirilgan pechda taxminan 40 daqiqa davomida pishiriladi.

Foto: “Jenskiye sekreti”

Pirog tayyor bo‘lgach, sovitishga qo‘yiladi.

Foto: “Jenskiye sekreti”

Unga qaymoqli krem, meva va yong‘olar hamda glazur bilan bezak berib, mazali tort tayyorlanadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz