Mazali tovuq filesi, yumshoq qovurilgan sabzavotlar va eritilgan pishloq, umuman olganda, ushbu taom juda foydali hisoblanadi. Unga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • tovuq filesi — 4 dona
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • qovoqcha — 2 dona
  • pomidor — 3 dona
  • piyoz — 1 dona
  • zaytun yog‘i — 1-2 qoshiq
  • ko‘katlar — ta’bga ko‘ra
  • pishloq — 100 g

Tayyorlanishi:

  1. Tovuq filesini yuving. Har bir bo‘lakni mayda-mayda qilib uzunasiga kesing. Tovuqni tuz va murch bilan aralashtiring.
  2. Qovoqcha va pomidorni ingichka bo‘laklarga, piyozni esa maydalab to‘g‘rab oling. Sabzavotlarning bir qismini tovuq filesining uzunasiga kesilgan joylariga soling.
  3. Qolgan sabzavotlarga yog‘ solib, tovuqning ustiga yon qismlariga joylashtiring.
  4. Mahsulotlarning ustiga biroz yog‘, murch va tuz qo‘shing. Uning ustiga maydalangan ko‘katlar va to‘gralgan pishloq seping.
  5. Taomni taxminan 25 daqiqa davomida 200 daraja haroratda pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz