Po‘sti bilan pishirilgan kartoshka eng mazali taomlardan biri hisoblanadi. Sababi uning ta’mi chindan ham o‘zgacha. “Noviy ochag” nashri mikroto‘lqinli pechda tayyorlash mumkin bo‘lgan kechki ovqat retsepti bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Pinterest

Kerakli mahsulotlar:

  • kartoshka — 600 gramm;
  • suv — 50 ml;
  • o‘simlik yog‘i — 20 ml;
  • lavr yaprog‘i — 1 dona;
  • tuz va ziravor hamda ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Kartoshkalar yaxshilab yuviladi va salfetka yordamida quritiladi.
  2. So‘ngra barchasi idishga solinib, o‘simlik yog‘i, tuz va ziravorlar sepiladi.
  3. Ustidan bir piyola suv quyiladi. Pishirish jarayonida suv bug‘lanib, kartoshkalar yumshoq bo‘lib pishadi.
  4. Idish qopqoq bilan yopiladi va mikroto‘lqinli pechga qo‘yiladi.
  5. Mikroto‘lqinli pech quvvati maksimal darajada bo‘lib, kartoshkalar 10 daqiqa davomida pishiriladi.
  6. Tayyor bo‘lgan kartoshkalar ko‘katlar bilan bezatilib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz