Bu yumshoq pirog inson organizmiga foydali mahsulotlardan tayyorlanadi va mukammal ta’mga ega. Shirinlikni bezashda o‘zingiz yoqtirgan mevalardan foydalanishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • sariyog‘ — 1 qoshiq
  • tuxum — 4 dona
  • shakar — 200 g
  • vanilin — 1 qoshiq
  • un — 120 g
  • pishiriq kukuni  — 1 qoshiq 
  • olcha — 300 g (tozalangani)

Tayyorlanishi:

  1. Pechni 180 daraja haroratda oldindan qizdiring va 24-28 sm diametrli dumaloq qolipni sariyog‘ bilan yog‘lang.
  2. Tuxum va shakarni 7-8 daqiqa mikser bilan aralashtiring. Ustiga vanilinni soling va yana aralashtirib oling.
  3. Unni elakdan o‘tkazing va ustiga pishirish kukuni soling. So‘ngra unga 3-4 dona tuxum qo‘shing va asta-sekin aralashtiring.
  4. Tayyor bo‘lgan xamirni qolipga soling va ustiga gilosni terib chiqing. Sharlotkani qizarguncha, 35-45 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz