Lifehacker nashri taqdim etgan ushbu oddiy retsept yordamida marmelad tayyorlash yanada oson. Ushbu shirinliklar uyda tayyorlangach, uni do‘konlardan xarid qilishning keragi ham bo‘lmaydi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • olxo‘ri — 300 gramm;
  • shakar — 300 gramm;
  • pektin — 10 gramm;
  • limon kislotasi — 1/2 choy qoshiq;
  • suv — 1 osh qoshiq;
  • o‘simlik moyi — 1-2 choy qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. O‘lxo‘rilar chorak shaklda kesib olinadi va vaqti-vaqti bilan aralashtirilib, 10-15 daqiqa davomida pishiriladi.
  2. So‘ngra sovitishga qo‘yiladi va bir xil massa hosil bo‘lguncha blenderda aralashtiriladi.
  3. Shakar pektin bilan aralashtiriladi, limon kislotasi suvda eritiladi.
  4. Qolip pergament qog‘oz bilan yopiladi va o‘simlik yog‘i surtiladi.
  5. Olxo‘ri pyuresi qaynatib olinadi va oz-ozdan shakarli aralashma qo‘shiladi.
  6. Yana past olovda 15-20 daqiqa davomida qaynatiladi.
  7. Limon kislotasi qo‘shilib, issiq massa qolipga quyiladi.
  8. Marmelad xona haroratida 6-8 soatga qoldiriladi. Tayyor bo‘lgach pichoq bilan to‘rtburchak shaklda kesib olinadi va shakarga botiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz