Lifehacker nashri nonushta uchun suvli pomidor va qovurilgan tuxumdan tayyorlanadigan ajoyib yegulik retsepti bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz — 1 dona;
  • pomidor — 2-3 dona;
  • tuxum — 3 dona;
  • soya sousi — 1/2 qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i — 1-2 osh qoshiq;
  • tuz, murch.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Piyoz mayda to‘rtburchak, pomidor esa biroz kattaroq to‘g‘raladi.
  2. Tuxumga tuz, murch va soya sousi solinib, sanchqi yordamida aralashtiriladi.
  3. Yog‘ o‘rtacha olovda qizdiriladi. Piyoz yumshagunga qadar qovuriladi.
  4. Ustidan pomidor qo‘shib, yana 3-4 daqiqa qovuriladi. Tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
  5. So‘ngra tuxumli massa quyiladi va bir necha daqiqaga dimlanadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz