Hamisha olma qo‘shib pishiriladigan shirinlikni yangi usulda tayyorlab ko‘rishingizni tavsiya qilamiz. Elle nashri taqdim etgan tvorogli sharlotka retsepti ham oilaning eng sevimli shirinligiga aylanishi shubhasiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Elle

Kerakli mahsulotlar:

  • tvorog — 200 gramm;
  • tuxum — 4 dona;
  • shakar — 150 gramm;
  • olma — 2 dona;
  • un — 200 gramm;
  • qabartma — 1 paket;
  • smetana — 3 osh qoshiq;
  • shakar upasi — 1 osh qoshiq;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxum va shakar yaxshilab ko‘pirtirib aralashtiriladi.
  2. Tvorog, smetana va bir chimdim tuz qo‘shib, yana mikser qilinadi.
  3. Ustidan un va qabartma solinadi. Yana aralashtiriladi.
  4. Pishiriq qolipi o‘simlik moyi bilan yog‘lanadi, xamir quyiladi.
  5. Tilim qilib kesilgan olmalar xamir ustidan terib chiqiladi.
  6. 180 darajada 35-40 daqiqa davomida oldindan qizdirilgan pechda pishirib olinadi.
  7. Sovigach, ustidan shakar upasi sepiladi.

Yoqimli ishtaha!