Lifehacker nashri taqdim etgan ushbu retseptga ko‘ra, muzqaymoq uchun bor-yo‘g‘i banan kerak bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • banan — 1-2 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Banan bir xil o‘lchamda dumaloq shaklda to‘g‘raladi.
  2. Ular idish yoki paketga solinib, muzlatkichga qo‘yiladi.
  3. Muzlatkichga ikki soat yoki bir kechaga qo‘yish tavsiya etiladi.
  4. So‘ngra muzlagan banan blender yordamida maydalanadi.
  5. Dastlab banan sanchqi yordamida maydalanganga o‘xshaydi, lekin blender yordamida yana aralashtiriladi.
  6. Aralashtirish toki banan krem ko‘rinishiga kelguncha davom etadi.
  7. Tayyor bo‘lgan muzqaymoq qopqoqli idishga solinadi va muzlatkichga 1 soatga qo‘yiladi.

От qwert.uz