Chiburek uchun xamir qorish shart emas. Shunchaki lavash xamiri bo‘lsa bas. Lifehacker nashri lavashdan tayyorlanadigan chiburek retsepti bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz — 1 dona;
  • sarimsoq — 2 bo‘lak;
  • qiyma — 300 gramm;
  • suv — 4-5 osh qoshiq;
  • lavash xamiri — 3-4 dona;
  • tuxum — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 100 ml;
  • ko‘kat, tuz va ziravolar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Piyoz, sarimsoq va ko‘kat mayda to‘g‘raladi. So‘ngra qiyma bilan aralashtiriladi. Ta’bga ko‘ra, biroz suv, tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
  2. Lavash xamiri 20-22 santimetr doira shaklida kesib olinadi. Tuxum sanchqida aralashtiriladi.
  3. Xamirning bir qismiga nachinka yupqa qilib solinadi.
  4. Xamir cheti tuxum bilan yopishtiriladi. Qolganlari ham shu tarzda tayyorlanadi.
  5. Qizdirilgan o‘simlik yog‘ida chibureklar 3-4 daqiqa davomida qizarguncha pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz