Lifehacker nashri xamiri qat-qat hamda nachinkasiga pishloq qo‘shib tayyorlanadigan yumshoqqina somsa retsepti bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • pishloq — 250 gramm;
  • sarimsoq — 1 dona;
  • tuxum — 1 dona;
  • xamirturushsiz tayyor qatlamali xamir — 500 gramm;
  • sut — 1 osh qoshiq;
  • kunjut — 1 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pishloq va sarimsoq yaxshilab maydalanadi. Tuxum oqi sarig‘idan ajratib olinadi.
  2. Pishloq, sarimsoq va tuxum oqi aralashtiriladi. Xamir 6-8 millimetr qalinlikda yoyiladi.
  3. Xamir rulet shaklida o‘ralib, 12 ta bo‘lakka bo‘linadi.
  4. Har bir xamir yoyilib, o‘rtasiga pishloqli nachinkadan bir osh qoshiq qo‘yiladi.
  5. Somsa uchburchak shaklda tugiladi.
  6. Pech oldindan 180 darajada qizdiriladi. Listga pergament qog‘oz solinadi.
  7. Ustidan somsalar terib chiqiladi. Tuxum sarig‘i sut bilan aralashtirilib, somsalar ustiga surtiladi.
  8. So‘ngra kunjut sepib, 20 daqiqaga pechga qo‘yiladi.
  9. Somsalar yuzasi qizarguncha pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz