Lifehacker nashri parhezdagilar uchun ajoyib retsept bilan bo‘lishdi. Bir nechta mahsulotlardan tashkil topgan tovuqli kotlet atigi 158 kkalni tashkil etadi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi — 500 gramm;
  • piyoz — 1 dona;
  • yog‘li tvorog — 200 gramm;
  • tuxum — 1 dona;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq filesi va piyoz go‘sht maydalagichdan o‘tkaziladi.
  2. Barcha kerakli mahsulotlar aralashtiriladi.
  3. Qo‘llar suv bilan namlanib, kotletlar yasaladi.
  4. Tovaning o‘zi yuqori olovda qizdiriladi va kotletlar qizarguncha dimlab pishiriladi.
  5. Kotletlarning har ikki tomoni shu tarzda taxminan 10 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz