Lifehacker nashri juda oddiy, ammo mazali tort retsepti bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

Xamir uchun:

  • sariyog‘ — 200 gramm;
  • shakar — 90 gramm;
  • smetana — 100 gramm;
  • un — 300 gramm;
  • qabartma — 1 choy qoshiq;

Krem uchun:

  • quyultirilgan sut — 1 dona;
  • sariyog‘ — 100 gramm. 

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Bitta idishda sariyog‘, smetana va shakar yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Oz-ozdan un va qabartma qo‘shiladi va yumshoq xamir qoriladi.
  3. Xamir plyonka bilan o‘ralib, 20-30 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  4. So‘ngra xamir go‘sht maydalagichdan o‘tkaziladi va pergament qog‘ozi ustiga qo‘yiladi.
  5. 180 daraja pechda 20-25 daqiqa davomida pishiriladi.
  6. Sariyog‘ va quyultirilgan sut mikser qilinadi.
  7. Pishirilgan xamir bo‘laklarga bo‘linib, krem bilan yaxshilab aralashtiriladi.
  8. So‘ngra hammasi idishga qatlam shaklida joylashtirilib, ustidan bezak uchun shokolad yoki mak sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz