Nachinkasiga tvorog solib, xamiri yumshoq shirinlik tayyorlaymiz

Lifehacker nashri taqdim etgan retseptga ko‘ra, ushbu shirinlikning xamiri yumshoq, nachinkasining ta’mi esa og‘izda qoladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

Xamir uchun:

  • sariyog‘ — 80 gramm;
  • shakar — 150 gramm;
  • tuxum — 1 dona;
  • smetana — 4 osh qoshiq;
  • un — 400 gramm;
  • sirka 9 foizli — 1 osh qoshiq;
  • iste’mol sodasi — 1/2 choy qoshiq;
  • tuz — bir chimdim.

Nachinka uchun:

  • tvorog — 300 gramm;
  • tuxum — 1 dona;
  • shakar — 1/2 osh qoshiq;
  • un — 1 osh qoshiq;
  • smetana — 1 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • suv — 1 osh qoshiq;
  • tuz — 1 chimdim;
  • shakar upasi.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Sariyog‘ shakar bilan ko‘pirtiriladi, ustidan tuxum va tuz solinadi, keyin smetana bilan aralashtiriladi.
  2. Un elakdan o‘tkazilib, sirka bilan o‘ldirilgan soda va yog‘ qo‘shib, xamir qoriladi.
  3. Xamir plyonka bilan o‘ralib, muzlatkichda 30-40 daqiqaga qoldiriladi.
  4. Tvorog elakdan o‘tkaziladi. Tuxum oqi shakar va tuz bilan ko‘pirtiriladi. So‘ngra un va smetana bilan aralashtiriladi.
  5. Xamir yoyiladi va dumaloq shakl yordamida doialar kesib chiqiladi.
  6. Har bir xamir bo‘lagi yuzasida bir osh qoshiqdan nachinka solinadi,
  7. Xamirning bir qismi ikkinchisining yuzasiga yopiladi va pichoq bilan biroz bosiladi. Xamir chetini mahkamlash shart emas.
  8. Xuddi shu tarzda qolgan xamirlar ham tayyorlanadi.
  9. Ular yog‘langan pishirish varag‘iga qo‘yilib, suv bilan aralashtirilgan tuxum surtilib chiqiladi.
  10. Taxminan 25 daqiqa davomida 180 daraja pechda pishiriladi.
  11. Shirinliklar tayyor bo‘lgach yuzasiga shakar upasi sepiladi.

Yoqimli ishtaha!