Lifehacker nashri atigi 15 daqiqa ichida tayyor bo‘ladigan mazali hamda xushbo‘y buterburod retsepti bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • sosiska — 3-4 dona;
  • pishloq — 100-120 gramm;
  • tuxum — 1 dona;
  • mayonez — 1 osh qoshiq;
  • ketchup — 1 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i — 2-3 oh qoshiq;
  • baton noni — 8-10 bo‘lak;
  • ko‘kat.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Sosiska va ko‘kat mayda to‘g‘raladi. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  2. Tuxum, mayonez va ketchup sanchqi yordamida yaxshilab ko‘pirtiriladi.
  3. Tayyorlangan mahsulotlarning barchasi aralashtiriladi.
  4. Pishiriq varag‘iga o‘simlik yog‘i surtiladi. Tayyor aralashma non ustiga surtiladi.
  5. Pechda 200 darajada taxminan 10 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!