Marie Claire nashri vitaminga boy mahsulotlar qo‘shib tayyorlanadigan 2 xil pishloqli sho‘rva retsepti bilan bo‘lishdi. Sho‘rvalarning mazasi og‘izda qolishi shubhasiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Marie Claire

 Brokkoli va pishloq solib tayyorlanadigan sho‘rva

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq bulyoni — 3 stakan;
  • qirg‘ichdan o‘tkazilgan cheddar pishlog‘i — 3 stakan;
  • sut — 2 stakan;
  • un — 1/4 stakan;
  • brokkoli — 1 dona;
  • sabzi — 1 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • sariyog‘ — 4 osh qoshiq;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Sariyog‘ o‘rta olovda eritiladi. Piyoz va ko‘kat yumshaguncha qovuriladi. Ustidan un solinib, tovuqli bulyon quyiladi. Tuz va ziravorlar solinadi.
  2. Qaynab chiqqach sho‘rvaga to‘g‘ralgan brokkoli va sabzi qo‘shiladi.
  3. Sabzavotlar yumshagunga qadar taxminan 20 daqiqa davomida qaynatiladi.
  4. So‘ngra sut qo‘shiladi, yana qaynab chiqqach pishloq solinadi.
  5. Dasturxonga tortishdan avval tuz va ziravorlar hamda pishloqdan biroz ustiga sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

 Chili, loviya va pishloq solib tayyorlanadigan sho‘rva

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi — 3 dona;
  • tovuq bulyoni — 5 stakan;
  • oq loviya — 2 quti;
  • makkajo‘xori — 1,5 stakan;
  • smetana — 1/2 stakan;
  • pishloq — 1/4 stakan;
  • chili — 100 gramm;
  • piyoz — 1 dona;
  • sarimsoq — 2 dona;
  • zaytun moyi — 2 osh qoshiq;
  • yashil garmdori, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Yog‘ o‘rta olovda qizdiriladi. Piyoz va garmdori to‘g‘ralib yumshaguncha pishiriladi. Sarimsoq va ziravorlar qo‘shiladi.
  2. Ustidan yashil chili, tovuq va bulyon hamda tuz, ziravorlar solinib, qaynatiladi. So‘ng olov pasaytiriladi, qozonning qopqog‘i 10-12 daqiqaga yopiladi.
  3. Tovuq yumshab pishgach alohida idishga olinadi va sanchqi yordamida bo‘laklarga bo‘linadi. Yana qayta idishga solinib, loviya va makkajo‘xori ham qo‘shiladi.
  4. Sho‘rva yana 10 daqiqa davomida qaynatiladi, quyuqroq bo‘lishi uchun loviyaning bir qismini ezib solish mumkin. So‘ngra olov o‘chirilib, smetana solinadi.
  5. Dasturxonga tortishdan avval garmdori to‘g‘raladi va sho‘rvaning ustiga bezak sifatida pishloq va ko‘katlar bilan birgalikda sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz