Qorin och, pitssa buyurtma berish uchun esa vaqt yo‘qmi? Lifehacker nashri taqdim etgan retsept uchun bor-yo‘g‘i 5 daqiqa kifoya.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • pishloq — 40 gramm;
  • sariyog‘ — 1 osh qoshiq;
  • un — 3 osh qoshiq;
  • sut — 2 osh qoshiq;
  • qabartma — 1/2 choy qoshiq;
  • kolbasa — 3-4 bo‘lak;
  • pomidor sousi — 1 osh qoshiq;
  • zaytun — 1-2 dona;
  • cherri pomidor — 1-2 dona;
  • tuz — bir chimdim.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pishloqning yarmi to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab olinadi, qolgan qismi esa qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  2. Sariyog‘ eritib olinadi. Krujkaga un, sut, qabartma, tuz va sariyog‘ solib, yaxshilab aralashtiriladi. Ustidan to‘rtburchak to‘g‘ralgan pishloq solinadi.
  3. Mikroto‘lqinli pechda xamir maksimal 1 daqiqa davomida pishiriladi.
  4. So‘ngra pomidor sousi quyiladi. Ustidan kolbasa, zaytun va cherri pomidorlari to‘g‘ralib solinadi.
  5. Pitssa yana 30 soniya davomida pishiriladi va ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz