Lifehacker nashri taqdim etgan ajoyib retsept — tovuq go‘shti, kartoshka hamda pishloqning uyg‘unlikdagi ta’mi og‘izda qolishi shubhasiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi — 500-600 gramm;
  • kartoshka — 500-600 gramm;
  • pomidor — 2-3 dona;
  • pishloq — 70-80 gramm;
  • piyoz — 1-2 dona;
  • xantal — 1 osh qoshiq;
  • smetana — 200 gramm;
  • o‘simlik yog‘i — 1 choy qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq filesi va kartoshka to‘rtburchak, pomidor dumaloq shaklda to‘g‘raladi. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  2. Piyoz blenderda maydalanadi va smetana hamda xantal bilan aralashtiriladi.
  3. Zapekanka uchun mo‘ljallangan qolip yog‘lanadi. Birinchi kartoshka va file solinadi va ustidan biroz tuz, ziravor sepiladi. Smetanali aralashma quyilib, pomidor solinadi va yana tuz sepiladi.
  4. 180 daraja pechda 50 daqiqa davomida pishirishga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz