Lifehacker nashri taqdim etgan mazkur retsept juda ham oson usulda tayyorlanadi. Shokoladli fondan fransuzcha shirinlik bo‘lib, uni tayyorlash uchun 5 xil mahsulot va atigi 10 daqiqa kerak bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qora shokolad — 90 gramm;
  • sariyog‘ — 35 gramm;
  • tuxum — 1 dona;
  • shakar — 25 gramm;
  • un — 1 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

Shirinlikni tayyorlash sariyog‘ va shokoladni eritib olishdan boshlanadi. Buni mikroto‘lqinli pech yoki bug‘da ham amalga oshirish mumkin. Aralashma xuddi ganashga o‘xshashi kerak.

Foto: Lifehacker

Shakar bilan tuxum alohida idishda aralashtirib olinadi. Ta’bga ko‘ra shakar miqdorini kamaytirish mumkin.

Foto: Lifehacker

Yuqoridagi ikki massa bir-biri bilan aralashtiriladi va ustidan un qo‘shiladi.

Foto: Lifehacker

Shirinlik qoliplariga sariyog‘ surtiladi va tayyor bo‘lgan massa idishning yarmigacha quyiladi.

Foto: Lifehacker

Fondanlar oldindan 180 darajada qizdirilgan pechda 10 daqiqa davomida pishiriladi.

Foto: Lifehacker

Tayyor bo‘lgach fondanlar tekis idish ustiga o‘girilib, kakao, shakar upasi, meva yoki bir qoshiq muzqaymoq bilan bezatilib, dasturxonga tortiladi.

Foto: Lifehacker

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz